About the Journal

Amaliy va tibbiyot fanlari ilmiy jurnali (2181-3469) - har oyda bir marotaba elektron shaklda chop etiladigan xalqaro ilmiy jurnal hisoblanadi. Jurnalda barcha yosh izlanuvchilar, talabalar, magistrlar, professor va doktorantlar hamda o'rta ta'lim muassasalari hodimlari o'z ilmiy ishlarini chop qilishlari mumkin. Jurnal faoliyatining asosiy maqsadi: Mamlakatimizdagi va dunyo mamlakatlaridagi tibbiyot fanlaridagi ilmiy tadqiqotchilarni zamonaviy ilg‘or qarashlar bilan tanishtirish, ilmiy faoliyatlarini jonlantirish, ilmiy nufuzi va salohiyatini o‘stirish, turli innovatsion tadqiqotlarda ishtirok etishini kuchaytirish, tadqiqotlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirish va ularni keng ommaga yetkazish bilan shug'ullanadi. Ushbu elektron jurnal ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik axborotlar, empirik tadqiqot, case-study, adabiyotlar tahlili va sharh, meta-analiz, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa uslubdagi ilmiy maqolalarni e'lon qiladi.